Joriy yilning 12 aprel kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan K.Sh. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda, 1975 yilda tug‘ilgan A.R.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.