2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan, 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 3 019 ta;
- Xitoy – 2 501 ta;
- Turkiya – 1 886 ta;
- Qozog‘iston – 1 102 ta;
- Janubiy Koreya – 727 ta;
- AQSh – 311 ta;
- Tojikiston – 307 ta;
- Qirg‘iziston – 280 ta;
- Ozarboyjon – 236 ta;
- Germaniya – 220 ta;
- Turkmaniston – 187 ta.