Roskomnadzor Rossiyada 1998 yildan beri mavjud bo‘lgan saytni blokladi

Jahon 08:12 / 13.04.2024 3219

Roskomnadzor Rossiyada «Polit.ru» nashri saytiga kirishni blokladi va tahririyatni «ishonchsiz ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni qayta-qayta joylashtirganlikda» aybladi. Bu haqda 12 aprel, juma kuni boshqarma matbuot xizmati xabar berdi. 

Bloklangan nashr - Runetdagi eng eskilaridan biri. Unga 1998 yil fevral oyida noshir Dmitriy Itskovich, siyosatshunos Kirill Rogov va siyosiy strateg Modest Kolerov tomonidan asos solingan. Tahririyat Rossiya Federatsiyasi hududidagi blokirovkaga izoh bermadi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan buyon 10 mingdan ortiq saytlar bloklandi, o‘nlab ommaviy axborot vositalari yopildi, bir necha yuzlab jurnalistlar mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi mustaqil matbuot.

Ko‘proq yangiliklar: