O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi 

O‘zbekiston 07:52 / 13.04.2024 9944

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Sirojiddin Shokirov 1997 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan. 

2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan. 

U Qozog‘iston orqali Turkiyaga borgan. U yerdan yashirin yo‘llar orqali Suriyaga o‘tgan va IShIDga qo‘shilgan, uning tarkibida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan. Jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan.

"Hurmatli ota-onalar, farzandingizni aslo e’tiborsiz qoldirmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan aloqada bo‘lishini, qaysi sahifalarni kuzatib borishini doimo nazorat qiling! Ogoh bo‘ling, farzandingiz yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymang!" - deyiladi IIBB ma’lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: