Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Rustam Sulaymonov ushbu lavozimda o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishgan.
Rustam Sulaymonov 1982 yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012 yilda esa Bank-moliya akademiyasini iqtisodiyot, bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, iqtisodchi.
Tayinlovga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida To‘lqin Otamurodov ishlab kelayotgan edi.