O‘zbekiston | 13:35 / 13.04.2024
4173
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqda Aral Dea Eco Race eko-yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 18 aprel kuni Mo‘ynoq shahrida tabiatni muhofaza qilish va Orol dengizini tiklashda ishtirok etishni rag‘batlantirish, bog‘ yaratish uchun ko‘chat o‘tqazish  maqsadida Aral Dea Eco Race poygasi o‘tkaziladi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, eko-yugurishning umumiy masofasi 2 kilometrni tashkil qiladi. Ishtirokchilar boshlang‘ich nuqtadan boshlab, daraxt ekish joyiga qadar 1 km yuguradi. Ekish maydonchasida ishtirokchilar taqdim etilgan asboblardan foydalangan holda daraxt ekishadi. Daraxtlar ekilgandan so‘ng, ishtirokchilar start chizig‘iga qaytib ketadi. Marra chizig‘ida har bir ishtirokchi tabiatni tiklash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medalni oladi.

Har bir ishtirokchining raqamiga o‘zining noyob chipi biriktirilgan bo‘lib, u daraxt ekish faktini qayd etadi.

Musobaqadan so‘ng o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida eng tezkor uchta erkak va uch ayol esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid