Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi 15-16 aprelda +23...+28 daraja, 17 aprelda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 aprelda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 16 aprelda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 17 aprelda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 aprelda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 16 aprelda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 17 aprelda kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 15 aprelda +17...+22 daraja, 16 aprelda +20...+25 daraja, 17 aprelda +23...+28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 aprelda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 16 aprelda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 17 aprelda kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 15 aprelda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.