Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Britaniya Rossiyadan metall importini taqiqladi
Rossiyada ishlab chiqarilgan alyuminiy, mis va nikel taqiqlandi. Shu bilan birga, Rossiya metallarining importi Rossiya Federatsiyasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdoning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Foto: Reuters/I. Naymushin
Britaniya AQShdan keyin Rossiya alyuminiy, mis va nikel importiga embargo joriy qildi. 12 aprel, juma kuni e’lon qilingan AQSh Moliya vazirligi va Britaniya hukumati veb-saytlaridagi bayonotlarga ko‘ra, Chikago va Londondagi birjalarda ushbu metallar bilan savdo qilish taqiqlanadi. AQSh Moliya vazirligining aniqlik kiritishicha, cheklovlar taqiq kuchga kirgunga qadar qazib olingan metallarga taalluqli emas.
Rossiya dunyoda nikelning taxminan 6 foizi, alyuminiyning 5 foizi va misning 4 foizini ishlab chiqaradi. Bloomberg qayd etishicha, London metall birjasi (LME) omborlarida 2024 yilning mart oyi oxiri holatiga ko‘ra, Rossiya alyuminiyi zaxiralarning 96 foizini, nikel – 62 foizini va misi – 36 foizini tashkil qilgan. Britaniya hukumati hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi ortidan metall eksportidan tushgan daromadi 25 milliard dollardan 15 milliard dollargacha kamaygan. Qabul qilingan chora-tadbirlar ushbu miqdorni kamaytirishga qaratilgan.
Yevroittifoq RFdan metallarga nisbatan sanksiyalar kiritishga shoshilmayapti
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasidan metall importi Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdoning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2023 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya metallarining Yevropa Ittifoqiga importi 13,7 milliard yevroni tashkil qilgan. Rossiya metallarining eng yirik xaridorlari orasida Germaniyaning GGP Metal Powder (urush boshlanganidan beri 66 million dollarlik mis), Fransiyaning qurol ishlab chiqaruvchi Safran (25 million dollarlik titan) va Niderlandiyaning C. Steinweg logistika firmasi (100 million dollarlik turli metallar) bor.
Avvalroq ko‘plab ekspertlar Rossiya metallari savdosini taqiqlash Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining keyingi paketlaridan biriga kiritilishi haqida fikr bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti
Jahon | 14:36
-
Dohada davom etayotgan og‘ir muzokaralar, Ukrainada ushlangan xitoylik josuslar va Trampdan yangi «maktublar» – kun dayjesti
Jahon | 14:25
-
Veolia Energy Toshkentda quvur yorilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplab beradi
Jamiyat | 14:15
-
O‘zbekiston-Britaniya yuridik assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 14:14
Mavzuga oid

12:21
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi

10:20
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi

09:44
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi

08:58