Yangi Kia Sonet krossoveri uchun 13 apreldan shartnomalar berish boshlanadi

Jamiyat 17:04 / 12.04.2024 30048

Kia Sonet – zamonaviy shahar krossoveridir. Uzunligi – 4 120 mm, kengligi – 1 790 mm va balandligi – 1 625 mm ga teng bo‘lgan ixcham o‘lchamlariga qaramay, Sonet 392 litr hajmdagi yetarlicha keng yukxonasiga va 205 mm ga teng klirensga ega, bu esa haydovchiga deyarli har qanday vaziyatda o‘zini ishonchli his qilish imkonini beradi.

Ushbu so‘nggi urfdagi krossover zamonaviy dizayn, qulaylik va ilg‘or texnologiyalarni taklif etadi. Sonet’ning intereri ko‘plab jozibali yechimlarga ega. U o‘zida so‘nggi urfdagi  «integratsiyalashgan» qurilmalar paneli va multimedia tizimining ekranini, rangni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan interer zonalarining yoritilishini, mobil qurilmalarni simsiz zaryadlash paneli va USB ulagichlarining mavjudligini uyg‘unlashtiradi. Sonet, shuningdek, ixcham krossoverlarda kamdan – kam hollarda uchraydigan premium toifasidagi Bose audio tizimini taklif etadi.

Kia Sonet – ajoyib muvozanatga ega va texnik jihatdan mukammal avtomobil bo‘lib, vaqt sinovidan o‘tgan, maksimal quvvati 115 ot kuchiga teng bo‘lgan to‘rt silindrli 1,5MPI benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel olti pog‘onali mexanik transmissiya yoki avtomatik uzatish qutisiga taqlid qilauvchi va dvigatel aylanishlarini optimal oraliqda saqlaydigan  «intellektual» variatorli IVT bilan juftlikda ishlash imkoniga ega. Shuningdek, avtomobilni haydash uslubi va yo‘l sharoitlariga yanada aniqroq moslashtirish uchun harakatlanish rejimlarini tanlash tizimi mavjud. Kia Sonet’ning barcha taqdim etilayotgan komplektatsiyalari – old privodga ega.

Komplektatsiyalar va narxlar

Classic – ushbu komplektatsiyada krossover olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Avtomobilning 100 km/soat tezlikka tezlashishi 10,6 soniyaga teng, kombinatsiyalangan sikldagi yoqilg‘i sarfi 6,5 l/100 km. Sonet Classic konditsioner bilan jihozlanadi, o‘rindiqlar kombinatsiyalangan (mato/sun’iy charm) qoplamga ega. 215/60R16 shinali shtamplangan po‘lat diskli 16 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Modelning bazaviy komplektatsiyadagi narxi – 189 900 000 so‘m.

Kia Sonet Luxe variatorli transmissiyaga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 11 soniyada tezlashadi, yoqilg‘i sarfi – 100 km uchun 6,5 litr. Krossover tomdagi reylinglar, tumanga qarshi faralar va xromlangan tashqi tutqichlar bilan jihozlangan. Haydovchi o‘rindig‘i qo‘shimcha ravishda balandligi bo‘yicha sozlanishga ega. Shuningdek, ushbu komplektatsiyaga dvigatelni ishga tushirish tugmasi bo‘lgan Smart Key kalitsiz kirish tizimi, avtomatik iqlim nazorati, kruiz – boshqaruvi va Android Auto va Apple Carplay’ni qo‘llab – quvvatlovchi 8 dyuymli rangli displeyli hamda 6 ta dinamikli multimedia tizimi kiradi. Krossover, shuningdek, orqa parkovka datchiklari, dinamik markirovka chiziqlari bo‘lgan ortni ko‘rinish kamerasi va yorug‘lik datchigi bilan ham jihozlangan. Kia Sonet Luxe’ning narxi – 222 900 000 so‘m.

Prestige maksimal komplektatsiyasida Kia Sonet, oyna osti chizig‘i xromlangan moldinglari, 215/60R16 shinali 16 dyuymli yengil qotishma diskli g‘ildiraklar, tomdagi elektr privodli lyuk, tashqi ortni ko‘rish ko‘zgularni buklanishi elektr privodi, qizil chokli sun’iy charm bilan bezatilgan o‘rindiqlar, old o‘rindiqlarning ventilyatsiyasi tizimi, charm qoplamli rul va transmissiya selektori dastagi, elektroxromli (o‘z – o‘zidan xiralashadigan) ECM salon ko‘zgusi, Avto funksiyali haydovchi eshigining oyna ko‘targichi, interer jabhalarining dinamik yoritilishi, pedallardagi metall qoplamalar, 4,2 dyuymli displeyga ega Supervision qurilmalar paneli, Drive Mode Select haydash rejimini tanlash tizimi, old parkovka datchiklari, 7 dinamikli Bose audiotizimi va markaziy konsoldagi mobil uskunalarni simsiz zaryadlash paneli bilan jihozlangan. Maksimal komplektatsiyasidagi Kia Sonet’ni 239 900 000 so‘m narxda xarid qilishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, Kia an’anaviy ravishda asosiy e’tiborni xavfsizlikka qaratadi. Sonet’ning kuzovi bardoshli po‘latdan, jumladan, yuqori chidamli va o‘ta yuqori chidamli po‘lat navlaridan tayyorlangan. Avtomobil old xavfsizlik yostiqchalari bilan, Prestige komplektatsiyasida esa – yon xavfsizlik yostiqchalari va pardachalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, avtomobil tormoz blokirovkasiga qarshi tizim (ABS), kurs barqarorligi tizimi (ESC), qiyalikda qo‘zg‘alishga yordam tizimi (HAC), shinalardagi bosimni nazorat tizimi (TPMS) hamda ISOFIX bolalar o‘rindig‘ini mahkamlanishi va harakatlanish paytida eshiklarni avtomatik qulflash kabi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Kia Sonet’ga, qay biri birinchi kelishiga ko‘ra 5 yil yoki 150 000 kilometr yurishga kafolat taqdim etiladi.

Telefon: +998 (55) 500-83-33

Sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot

Ko‘proq yangiliklar: