Qoraqalpog‘istonda "Orol turizmi" haftaligi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 10:36 / 12.04.2024 1433

Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, haftalik doirasida "Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, "Orol rassomlar nigohida" ijodiy ko‘rgazmasi va pleneri hamda Aral Dea Eco Race poygasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, yosh havaskor va professional rassomlarning Orol haqidagi rasmlari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarini "Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar" gastronomik festivali hamda tarixiy obidalarga unutilmas sayohatlar kutmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: