O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi qancha ekani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisining o‘rtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jinsi bo‘yicha:
- erkaklar uchun – 28,3 yosh;
- ayollar uchun – 29,7 yosh o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.