Navalniyning hayoti haqidagi kitob oktyabr oyida nashr etiladi

Jahon 15:10 / 12.04.2024 1852

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy o‘limidan bir necha yil avval Qutb doirasi ortidagi koloniyadagi hayoti haqida kitob yozishni boshlagan. Siyosatchi bevasi Yuliya Navalnaya 11 aprel, payshanba kuni xabar berishicha, muxolifatchining o‘zi yozgan asar oktyabr oyida bir necha tillarga tarjima qilingan holda nashr etiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy o‘z hayoti haqida kitob yozishni 2020 yilda «Novichok» moddasi bilan zaharlanganidan so‘ng boshlagan. «2020 yilda zaharlanishga urinishdan keyin hamma: «Aleksey, sen kitob yozishing kerak», dedi. Lekin u buni rad etdi. 44 yoshda qanday qilib tarjimayi hol yozish mumkin? U hayotining yarmidan biroz ko‘prog‘ini yashadi. U unchalik shoshmadi - axir, oldinda hali ko‘p narsa bor edi. Endi esa hammasi tugadi. Dahshatli va juda, juda adolatsiz. Shunga qaramay, Aleksey kitob yozishni boshladi va kutilmaganda tezda bunga kirishib ketdi», deb yozdi Navalnaya X ijtimoiy tarmog‘ida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Navalniy, xususan, o‘z hayotidagi voqealarni mamlakatda sodir bo‘layotgan hodisalar bilan bog‘lab eslashni yaxshi ko‘rgan hamda bolaligini tasvirlashdan zavqlangan.

«Vatanparvar» deb nomlangan kitob Amerikaning Knopf nashriyoti tomonidan 22 oktyabr kuni 500 000 nusxada ilk tiraji bilan chop etiladi, deb yozadi The New York Times.

Ko‘proq yangiliklar: