Avstriya kompaniyasi Sangardakda kanat quradi

O‘zbekiston 18:12 / 12.04.2024 5814

Avstriyaning «Doppelmayr» kompaniyasi Surxondaryo viloyatida 20 mln yevroga osma kanat qurishni rejalashtiryapti. Bu haqda UzA xabar berdi.

Surxondaryo viloyati hokimining Vengriyaga tashrifi chog‘ida «Denov Oltin Don» kompaniyasi va «Doppelmayr» kompaniyasi o‘rtasida Sangardak qishlog‘ida havodan o‘tuvchi kanat qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Loyiha doirasida daraning tepasidan tog‘ va so‘lim qishloqni tomosha qilish uchun maxsus maydon, tomosha maydoniga chiqish uchun yo‘lak va zinalar, kirish qismiga stella va yengil konstruksiyali uylar quriladi. Shuningdek, restoran, ot va tuyada sayr qilish, mini sport maydonchalari, oilaviy piknik va maxsus selfi zonalari, o‘yin va raqs maydonchalari ham barpo etilishi rejalashtirilgan. 

Kanat yo‘lining uzunligi 1200 metrni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: