O‘zbekiston va Qatar milliy kutubxonalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi

O‘zbekiston 14:12 / 11.04.2024 1879

"Dunyo" xabariga ko‘ra, mazkur kutubxona 2018 yilda hozirgi Qatar amirining volidasi Shayxa Muza bint Nosir Al-Misnad tashabbusi bilan bunyod etilgan bo‘lib, dunyodagi nodir me’morchilik andozalaridan biri hisoblanadi. Kutubxona eng zamonaviy texnologiyalarga ega.

Muloqot chog‘ida Hamad Al-Kuvariy O‘zbekistonning boy madaniy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlari, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy kabi buyuk ulamolarining Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi arab xalqlari tomonidan qadrlanishini ta’kidladi.

Muzokaralar natijasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan qo‘lyozmalar yo‘nalishida Qatar milliy kutubxonasi bilan hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek, Hamad Al-Kuvariyning O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: