O‘zbekiston va Kuvayt madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolaydi

O‘zbekiston 15:37 / 11.04.2024 1097

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i Amir Sultonov va Kuvayt tashqi ishlar vazirining shartnoma-huquq masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tahani an-Nosir o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarning joriy holati va ularni inventarizatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar yangi hujjatlarni ishlab chiqish jarayoni xususida fikrlar almashildi. Xususan, O‘zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi loyihasi matniga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, san’at va madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqa muhim ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslariga oid hujjat loyihalari muhokama qildi.

Ko‘proq yangiliklar: