O‘zbekiston va Eron 46 ta investitsiyaviy va savdo bitimini amalga oshirishni rejalashtiryapti 

O‘zbekiston 12:53 / 11.04.2024 2905

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, eshituvlar joriy yil 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati tadbirlari doirasida tashkil etildi. Bunda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritalari"da nazarda tutilgan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, Eron bilan birgalikda umumiy qiymati 362 mln dollarlik 46 ta investitsiyaviy va savdo bitimini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu investitsiyalarning jalb etilishi oziq-ovqat va qurilish sanoati korxonalarini, mintaqalarning kommunal infratuzilmasini modernizatsiya qilishni boshlash, shuningdek, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish imkonini berdi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasining bevosita ko‘magida 18,8 million dollarlik 4 ta investitsiya loyihasi va 14,5 million dollarlik 15 ta eksport shartnomasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari, senatorlar Yaqin Sharqda avj olgan harbiy harakatlar paytida mamlakat fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va ularni evakuatsiya qilish borasida diplomatik missiyaning salmoqli ishlarini alohida ta’kidladi.

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasining sa’y-harakatlari bilan mamlakatga umumiy qiymati 4,2 million dollarlik gepatit C va B ga qarshi 40 tonna dori vositalari bepul yordam tariqasida yetkazib berildi.

Afg‘onistonga eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (756,2 million dollar) 100,4 million dollarga, ya’ni 113,3 foizga oshgan.

Keng muhokama davomida diplomatik missiyalarning ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi, tasdiqlangan "yo‘l xaritalari"ni amalga oshirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyati natijadorligiga baho berildi, respublika xalqaro tashabbuslari va iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, shuningdek, xorijda mamlakat fuqarolarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

Joriy yilning 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekistonning Turkiya va Ozarboyjondagi elchilarining hisobotlari eshitildi.

Ko‘proq yangiliklar: