O‘zbekiston jurnalistlari Al Jazeera Media Institute’da malaka oshiradi

O‘zbekiston 09:33 / 11.04.2024 1113

"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari, respublika vazirlik va idoralari matbuot xizmatlari xodimlari, shuningdek, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalarining Al Jazeera Media Institute telekanali o‘quv dasturlari va malaka oshirish kurslarida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Al Jazeera Media Institute 2004 yilda professional jurnalistlarni tayyorlash, aloqa va raqamli media texnologiyalari sohasida keng ko‘lamli mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun mukammallik markazi sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda institut jahon miqyosidagi yetakchi ixtisoslashtirilgan markazlardan biri hisoblanadi.

Institut direktori O‘zbekistonda axborot sohasini demokratlashtirish, so‘z erkinligi va axborotdan foydalanishni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida Al Jazeera Media Institute delegatsiyasining hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida mamlakatga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: