Migrantlar Rossiyada sim-karta olish uchun biometrik ma’lumotlarni taqdim etishi shart bo‘ladi 

Jahon 18:30 / 11.04.2024 4405

Rossiya hududiga kirgan chet el fuqarolari mahalliy aloqa operatorlaridan sim-karta sotib olish uchun davlat xizmatlari portalida («Gosuslugi») biometrik ma’lumotlarni kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tishi va aloqa do‘konlariga shaxsan borishi shart bo‘ladi. Bunday talablar kiritilgan qonun loyihasi Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan tayyorlandi, deb yozdi «Vedomosti». 

Hujjat Ichki ishlar vazirligi, FXX, «Roskomnadzor», Tashqi ishlar vazirligi, Federal monopoliyaga qarshi xizmat va Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga yuborilgan. Departamentlar bu haqda 15 aprelgacha kelishib olishi kerak.

Hujjat matnida ta’kidlanganidek, agar migrantlar biometrik ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh torsa, Rossiya hududida mobil aloqadan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. 

Bu talablar diplomatik xodimlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari va qochqinlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

Ko‘proq yangiliklar: