Yil oxirigacha bolalar va o‘smirlar ijodkorlarining 50 ta asari ijtimoiy buyurtma sifatida chop etiladi

O‘zbekiston 13:17 / 10.04.2024 1095

Prezident topshirig‘i asosida bolalar uchun mashhur allomalarning ilmiy-ma’rifiy merosi, ularning ibratli hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan, illyustratsiyali, ixcham yangi nomdagi asarlar yaratish dastur loyihasi AOKA tomonidan ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2024 yil oxirigacha bolalar va o‘smirlar ijodkorlarining 50 ta asarini ijtimoiy buyurtma sifatida chop etish, shuningdek, 2025–2030-yillarda har yili eng kamida 50 nafarga yaqin ijodkorga ijtimoiy buyurtma berish rejalashtirilgan.

AOKAga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar yozuvchilari bilan ijtimoiy buyurtma asosida shartnoma tuzish bo‘yicha o‘tgan uchrashuvda 15 ta asar uchun ijtimoiy buyurtma asosida 30 foizlik gonorar to‘lovi bo‘yicha shartnoma qilingan.

Birinchi bosqichda Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Amir Temur, Bibixonim, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniyning bolaligi, hayoti va ijodini bolalarga tushunarli tilda yetkazish reja qilingan. Kitoblar taqdimoti 2024 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro bolalar kitobi ko‘rgazmasida o‘tkazilishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz oldinroq O‘zbekistonda bolalar adabiyotiga kam e’tibor qaratilayotgani, bolalar kitoblari nashr qilinmay qo‘ygani mavzusini o‘rgangan edi

Ko‘proq yangiliklar: