YeChL. «Siti» Madridda «Real»ga qarshi, «Bavariya» Londonda «Arsenal» bilan jangovar durang qayd etdi

Sport 02:03 / 10.04.2024 15707

Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bahslari jangovar duranglar bilan boshlandi. 

Madridda «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi supergollarga boy «otishma»da darvozalarga 6 bor to‘p kiritildi. Natijada yarimfinal masalasi Manchesterdagi o‘yinga qoldi. Mezbonlardan Rodrigo va Valverde, mehmonlardan Silva, Foden hamda Gvardiol to‘p kiritishdi. Shuningdek, Dias avtogol muallifiga aylandi. 

Londondagi bellashuv ham qolishmadi. «Bavariya» «Arsenal» maydonidan durang bilan qaytdi. Saka va Trossarning gollariga Gnabri hamda Keyn javob berdi.

Ushbu juftliklarda javob bahslari 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. 1/4 final. 9 aprel
Dastlabki o‘yinlar
Real — Manchester Siti 3:3
Gollar:
Diash (12, avtogol), Rodrigo (14), Valverde (79) — Silva (2), Foden (66),  Gvardiol (71). 
Real – Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Chuameni, Mendi, Kroos (Dias, 72), Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vinisius (Xoselu, 86), Rodrigo (Modrich, 72).
Manchester Siti – Ortega, Akanji, Stounz, Diash, Gvardiol, Kovachich, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Alvares, 87), Holand.
Ogohlantirishlar: Chuameni (1), Akanji (37), Karvaxal (81), Silva (88).

Arsenal — Bavariya 2:2
Gollar:
Saka (12), Trossar (76) — Gnabri (18), Keyn (32, penalti).
Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kivior (Zinchenko, 46), Jorjinio (Jyezus, 67), Edegor, Rays, Haverts (Parti, 86), Martinelli (Trossar, 66), Saka.
Bavariya – Noyyer, Dayyer, de Ligt, Devis, Goretska, Laymer, Kimmix, Sane (Koman, 66), Musiala, Keyn, Gnabri (Gerreyru, 70).
Ogohlantirishlar: Devis (9), Keyn (55), Parti (89).

Ko‘proq yangiliklar: