Qozog‘iston bug‘doyining O‘zbekistonga eksporti o‘tgan mavsumdagi darajadan oshdi

Iqtisodiyot 13:01 / 10.04.2024 5636

APK-Inform rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, 2023-24 yil sentabr-fevral oylarida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,6 million tonna bug‘doy eksport qildi (o‘tgan mavsumning 6 oyida bu ko‘rsatkich 1,529 million tonnaga teng edi).

Xususan, fevral oyidagi eksport ko‘rsatkichi oxirgi 4 oy ichida eng yuqorisi bo‘lib, qariyb 296 ming tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, 2023 yilning fevral oyida bu ko‘rsatkich 313,5 ming tonnaga teng bo‘lgan.

O‘tgan yil yog‘ingarchilik kam bo‘lsa-da, 17 million tonna don (2022 yilda 22 million tonna), shu jumladan, 12,1 million tonna bug‘doy yig‘ib olingan. Bu omillar joriy yilning eksport salohiyatiga ta’sir qilmaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: