10 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:08 da Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd qilinishicha, zilzila episentri Toshkentdan 462 km janubiy-g‘arbda, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida 15 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila magnitudasi 3,8 ball.
Mirishkor tumanida zilzila kuchi 3 ball bo‘lgan.
Talafot va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.