Mavsumiy suv toshqinlari regiondagi ko‘plab shaharlar va posyolkalarga ta’sir qildi, vaziyat Orskdagi to‘g‘onlar buzilishi tufayli yanada og‘irlashdi. Maxar toshqindan eng jiddiy talafot ko‘rgan Orsk tasvirlarini taqdim etmagan — ushbu shahar usti qalin bulut qatlami bilan to‘silgan. Tasvirlar 3–9 aprel kunlari olingan.
Rossiyaning «Roskosmos» davlat korporatsiyasi 8 aprel kuni Orenburg oblastining 3-5 aprel kunlari olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi.
Orenburg oblastida 4 apreldan buyon bahorgi toshqinlar tufayli e’lon qilingan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. Nisbatan og‘ir vaziyat Orskda yuzaga kelgan, bu yerda 6 aprelga o‘tar kechasi to‘g‘onlar buzilishi ro‘y bergan va yetti mingga yaqin turar joy va hovlilarni suv bosgan. Orenburgda 9 aprel kuni kechqurun Ural daryosida suv sathi 930 santimetrlik xavfli darajaga yetdi, 10 aprel kuni soat 12:00 da suv sathi 1000 santimetrni tashkil etayotgandi. Orenburgda ikki mingga yaqin uylar va tomoraqalarni suv bosgan.