Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023 yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 va undan katta yoshlilar orasida internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi 90,9 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich:
- 2021 yilda — 80,6 foizni;
- 2022 yilda — 86,9 foizni tashkil etgan.
Avvalroq o‘n va undan katta yoshlilar orasida mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi oshgani xabar qilingandi.
2023 yilda o‘n va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich:
- 2021 yilda — 95,7 foiz;
- 2022 yilda — 97,8 foizni tashkil etgan.