Chexiyaga chiptalar uchun qaynoq narxlar: Asialuxe Travel Hayit munosabati bilan 33% chegirma e’lon qiladi

O‘zbekiston 08:43 / 10.04.2024 3713

Milliy turoperator Asialuxe Travel Karlovi Vari va Marianske Lazne solomlashtirish va davolash kurortlariga viza kumagi bilan turpaketlarni taklif etadi.

Chexiya nafaqat ulug‘vor me’morchilik va boy tarixning timsolidir, balki tana va ruhan tiklanish uchun munosib joy ham. Mashhur Karlovi Vari va Marianske Lazne kurort shaharlari salomatlik va farovonlikni tiklashga intilayotganlar uchun haqiqiy voha hisoblanadi. Milliy turoperator Asialuxe Travel kurortlarga keng qamrovli turpaketlar tayyorladi.

Karlovi Vari uzoq vaqtdan beri salomatlikni tiklash va turli kasalliklarni davolash uchun eng mashhur joy unvonini saqlab kelmoqda. Marianske Lazne esa Chexiyadagi ikkinchi mashhur kurort bo‘lib, u 16 buloqdan chiqadigan sovuq kislotali mineral suvlar bilan davolashi tufayli mashhur. Ikkala dam olish maskanida keng ko‘lamli dasturlar, shuningdek, zamonaviy kurort muolajalari va dam olish usullari mavjud.

Dam olish maskanlarida qanday kasalliklar davolanadi? Asosiy usullardan biri - ovqat hazm qilish tizimi, tayanch-harakat tizimi, stress, depressiya, diabet, bronxit va astma kasalliklarini davolashda yordam beradigan termal mineral suvlar.

Shuningdek, bunday suvni ichish umumiy xolesterin, qondagi siydik kislotasi, vazn, oshqozon osti bezida insulin, glikogen miqdorining pasayishini ta’minlaydi va umuman organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Termal suvlar tashqi foydalanish uchun ham qo‘llaniladi: mineral vannalar bo‘g‘imlarning qattiqligini, mushaklarning spazmlarini bartaraf etishga, asab tizimini tinchlantirishga va miya, yurak va boshqa organlarda qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi, ingalyatsiyalar esa periodontal kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

Torf loyiga va karbonat angidridga asoslangan murakkab protseduralarni o‘tkazish yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, immunitet tizimini mustahkamlaydi, hujayralarni kislorod bilan to‘yintiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Marianske Lazneda remissiya mobaynida saraton kasalligidan keyin reabilitatsiyadan o‘tish mumkin.

Ikkala dam olish maskanida to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolanishdan oldin siz kerakli analizlarni topshirishingiz, tekshiruvdan o‘tishingiz va maslahat olishingiz mumkin. Har bir tashrifchi individual yondashuvni oladi va protseduralar to‘plami ishlab chiqiladi.

Viza. Chexiya Respublikasiga kirish uchun Shengen vizasi talab qilinadi. Asialuxe Travel charter dasturi bo‘yicha sayyohlarga hujjatlarni yig‘ish va viza yordamini olishda alohida yondashuvni taklif etadi.

Dam olish maskani tanlash. Har bir kurort o‘zining maxsus davolash ixtisoslashuviga ega. Asialuxe Travel sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqqan holda, davolash dasturlarini tanlashdan tortib, xizmat ko‘rsatish darajasi, ovqatlanish va joylashuvigacha eng mos variantni tanlashda yordam beradi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning qulay samolyotlari bortida issiq ovqat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar may oyida boshlanadi.

Ramazon Hayiti munosabati bilan Asialuxe Travel Praga aviachiptalariga 33% chegirma taqdim etmoqda. 1 maygacha eng yaxshi narxda – 6,5 million so‘mga Chexiyaga sayohatni bron qilishga shoshiling.

Toshkent – Praga – Toshkent aksiyadagi biletlarga uchish kunlari - 23.05/30.05/ 06.06

Kompleks turpaketlarini mamlakatdagi barcha sayyohlik agentliklaridan olish mumkin.

To‘plamlar va tur tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti yoki +998 71 201 77 77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Telegram: t.me/asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: