Samsung kompaniyasi iMac uslubidagi monoblok chiqardi
Kompyuter metalldan yasalgan, minimalist dizaynga ega va Apple kompaniyasining iMac monobloki bilan raqobatlashishi mumkin.

Foto: Samsung
Samsung Janubiy Koreyada o‘zining yangi All-In-One Pro shaxsiy kompyuterini taqdim etdi. iMac monoblokiga o‘xshash kompyuter All-In-One Pro deb nomlanadi. Unga oldindan buyurtma berish mumkin.
Kompyuter o‘ta yupqa metall korpusga ega, uning qalinligi atigi 6,5 mm. Displey 27 dyuymli, 4K matritsaga ega. Uning tepasida video qo‘ng‘iroqlar va konferensiyalar uchun veb-kamera mavjud. Videomuloqot uchun Samsung smartfonining kamerasidan ham foydalansa bo‘ladi.
Kompyuterga Intel Core Ultra protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, u 13-avlod Intel Core i5 chipiga qaraganda tezroq ishlash imkonini beradi. Operativ xotira hajmi 16 GB dan boshlanadi.
Portlar orasida HDMI, bir juft USB Type-A, Ethernet 3,5 mm eshitish vositasi uyasi mavjud. Simsiz aloqa vositalariga Bluetooth 5.3 va Wi-Fi 6E kiradi. Ovoz sifati Dolby Atmos bilan mos keladigan 3D dinamiklar tomonidan ta’minlanadi.
Yangi All-In-One Pro kompyuteri Windows 11 Home va bir nechta Galaxy ekotizim ilovalari va funksiyalari, shu jumladan avtomatik Buds almashinuvi va tezkor fayllar almashish uchun kompaniyaning Quick Share opsiyasi bilan ta’minlanadi.
Kompyuter klaviatura va sichqoncha bilan birga sotiladi, shuningdek, metalldan yasalgan va minimalist dizaynga ega.
Kompyuterning narxi taxminan 1469 dollarni tashkil etadi (≈18,6 mln so‘m). Janubiy Koreyada ochiq savdolar 22 apreldan boshlanadi. Keyinchalik Samsung All-In-One Pro boshqa bozorlarda ham chiqarilishi mumkin.
Mavzuga oid

16:59 / 15.03.2025
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

22:28 / 19.02.2025