O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Farruh Tursunov Madrid shahrida Ispaniya qiroli Filipp VI ga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ispaniya qiroli ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Filipp VI O‘zbekiston elchisiga ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi mas’uliyatli ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Farruh Tursunov 2023 yil 7 dekabr kuni Toshkentdan Madridga yetib borgan edi. Bungacha u TIV Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqargan.