Jizzaxda M-39 yo‘lining chetida bo‘sh turgan yerlar tadbirkorlarga taklif etiladi

O‘zbekiston 13:43 / 09.04.2024 7119

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Jizzax viloyatida turizm va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

10 ta madaniy meros obektida “Turizm halqasi” yaratilishi, ularga turizm mahallasi maqomi berilishi belgilandi. “Turizm halqasi” obektlariga boradigan yo‘llarni ta’mirlash topshirildi.

Xalqaro M-39 yo‘lining viloyat hududidan o‘tgan 98 kilometr qismidan kuniga 40 ming avtomobil qatnaydi. Bu yo‘lni chetida bo‘sh turgan 4 gektar yerlar tadbirkorlarga taklif qilinsa, 20 ming aholini doimiy band qilish mumkin

Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida turizm uchun yetarli salohiyat bor. Uni ro‘yobga chiqarish maqsadida hukumat komissiyasi tuziladi.

Ko‘proq yangiliklar: