23-24 aprel kunlari Anhor bog‘ida, O‘zbekiston Franchayzing Assotsiatsiyasi ko‘magida, UzFranchise tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi eng yirik Franchising & Distribution Expo Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning bosh homiysi - mashhur Koç Construction qurilish kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Toshkentdagi yangi «Piramit» savdo markazi.
Ko‘rgazma, 10 ta mamlakatdan amaldagi 100 dan ortiq franchayzing brendlari va Markaziy Osiyodan 5000 tadbirkorni bir joyga yig‘ib, ishtirokchilarga biznesni boshlash uchun noyob g‘oyalarni taklif etadi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu tadbir Toshkentda 4-marta o‘tkazilmoqda va turli sohalarda, masalan:
- franchayzing,
- distribyutorlik va chakana savdo kompaniyalari,
- avtomatlashtirish tizimlari,
- bank xizmatlari,
- huquqiy va buxgalteriya yordami,
- marketing va brending,
- investitsiyalar va elektron tijorat
Shu kabi sohalarda yangi imkoniyatlar izlayotgan ishbilarmonlar uchun platforma hisoblanadi.
Tadbirning rasmiy hamkori IMZO oyna fabrikasining mahalliy franshizasi.
Manzil: Anhor Park
Sana: 23-24 aprel
Kirish bepul, ammo ishtirokchilar www.UzFranchise.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
+998 99 200 82 72
+998 78 113 03 90
Reklama