«Arsenal»da yana yirik g‘alaba, «Bavariya»da inqiroz. Yevropada kun o‘yinlari

Sport 10:16 / 07.04.2024 13592

Angliya: De Bryuynening yubileyi

«Kristal Pelas» – «Manchester Siti» 2:4
Gollar:
1:0 – 3 Mateta, 1:1 – 13 de Bryuyne, 1:2 – 47 Lyuis, 1:3 – 66 Holand, 1:4 – 70 de Bryuyne, 2:4 – 86 Eduar.
«Kristal Pelas» – Henderson, Munos, Uord, Andersen, Lerma, Mitchell (Klayn, 75), Hyuz (Ahamada, 82), Uorton, Eze (Shlupp, 64), Ayyu (Olise, 74), Mateta (Eduar, 74).
«Manchester Siti» – Ortega, Stounz, Ruben Diash, Gvardiol (Akanji, 46), Lyuis, de Bryuyne, Grilish, Rodri (Kovachich, 74), Bobb, Holand, Alvares (Mateush Nunesh, 74).
Ogohlantirishlar: Gvardiol (45+2), Mateta (62).

«Arsenal» bilan golsiz durangdan keyin amaldagi chempionlar ikkita yorqin va gollarga boy o‘yin o‘tkazdi. «Aston Villa» bilan o‘yinda «Siti» safida Foden het-trik qayd etdi. Shanba kuni De Bryuyne undan estafetani qabul qilib oldi. Belgiyalik futbolchi «shaharliklar» safida APLdagi 250-o‘yinida raqibning tezkor goliga javob sifatida aylanma zarba yo‘llash bilan benefisini boshladi. Keyin — ikkinchi bo‘lim boshida Lyuis jamoani hisobda oldinga olib chiqqanidan keyin — De Bryuyne Holandga assistentlik qildi. Turli statistika manbalariga ko‘ra, bu Kevinning faoliyatidagi 300-samarali pas bo‘ldi. De Bryuyne mezbonlarni uzil-kesil taslim qiluvchi to‘rtinchi golni ham urdi va jamoadagi gollari sonini 100 taga yetkazib qo‘ydi. U «Manchester Siti»ga o‘tganidan buyon undan ko‘proq golni faqat Aguero (152) va Sterling (130) urishgan. Ammo asosiysi, Hosep Gvardiola jamoasi ochkolar soni bo‘yicha «Liverpul»ga yetib oldi va qizillarning javobini kutadigan bo‘ldi. Yakshanba kuni mersisaydliklar «MYu» mehmoni bo‘ladi.

«Aston Villa» – «Brentford» 3:3
Gollar:
1:0 – 39 Uotkins, 2:0 – 46 Rojyers, 2:1 – 59 Yorgensen, 2:2 – 61 Mbemo, 2:3 – 68 Vissa, 3:3 – 80 Uotkins.
«Aston Villa» – Martines, Konsa, Diyego Karlos, Pau Torres, Din (Moreno, 90), Beyli (Diabi, 90), Makginn, Tilemans (Duran, 90), Duglas Luis, Uotkins, Rojyers (Zaniolo, 69).
«Brentford» – Flekken, Roerslev, Yorgensen, Ayyer, Kollinz, Regilon (Lyuis-Potter, 76), Yyensen (Oneka, 86), Yanelt, Damsgor (Touni, 81), Vissa (Yarmolyuk, 81), Mbemo (Mope, 86).
Ogohlantirishlar: Damsgor (42), Vissa (53), Diyego Karlos (84), Duglas Luis (90+7).

Payshanba kuni «Chelsi» va «MYu» ishtirokida kechgan telbavor o‘yindan keyin muxlislarni ajablantirish qiyin edi. Ammo «Aston Villa» va «Brentford» kamida ulardan ortda qolishmaslikka qaror qilib, muxlislarga beshta gol urilgan ikkinchi bo‘limni taqdim etishdi. «Asalarilar» «MYu»ga qarshi o‘yinda ham to‘qqizinchi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolish orqali ajoyib syujyet namoyish etishgandi. Bu o‘yinda esa ular ikkita gol o‘tkazib yuborganidan keyin ham sinib qolmadi. Bu gollarga Tomas Frank jamoasi to‘qqiz daqiqa (!) ichida uchta aniq zarba bilan javob qaytardi, gollardan ikkitasiga himoyachi Regilon hammualliflik qildi. Agar hisob o‘zgarmay qolganida, Unai Emeri jamoasi «Manchester Siti»dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga kela olmagani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan bo‘lardi. Ammo o‘sha o‘yinda birminghemliklarga ularning eng yaxshi to‘purari Uotkins yordam bera olmagandi. Safga qaytgan forvard so‘nggi daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi va jamoasiga ochko keltirdi. Shuningdek, mavsumdagi gollarini 18 taga yetkazib olgan Uotkins bir mavsumdagi sermahsullik bo‘yicha jamoa rekordini takrorlashiga bir gol qoldi, hozircha bu natija Bentekega tegishli. Shu bilan birga, u «gol+pas» tizimi bo‘yicha 27 ball jamg‘argan holda jamoa tarixiga kirdi.

«Brayton» – «Arsenal» 0:3
Gollar:
0:1 – 33, penalti Saka, 0:2 – 62 Havers, 0:3 – 86 Trossar.
«Brayton» – Verbryuggen, Lempti, Dank, van Hekke, Estupinyan, Gross, Moder (Buonanotte, 63), Baleba, Ensiso (Joao Pedro, 63), Adengra, Uelbek (Fati, 76).
«Arsenal» – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 72), Jorjino, Edegor (Fabiu Viyeyra, 89), Rays, Havers (Nketia, 89), Saka (Martinelli, 64), Gabriel Jyezus (Trossar, 64).
Ogohlantirishlar: Baleba (76), Saliba (79), Uayt (90+5).

Shanba kungi o‘yinlarni yakunlab bergan «Arsenal» yana birinchi o‘ringa chiqib oldi. «Brayton» maydonida londonliklar to‘liq ustunlik ko‘rsatishdi, avvaliga Saka va Gabriel Jyezusning qator zarbalari gol bilan yakunlanmay qoldi, hujumchilarga goh aniqlik yetishmadi, goh darvozabon qahramonlik ko‘rsatdi. Ammo bo‘limning ikkinchi yarmida braziliyalik penalti ishladi, jarohatidan tuzalib qaytgan angliyalik futbolchi esa uni aniq ijro etdi.

Saka bu mavsumda 11 metrlik zarbani xatosiz bajarmoqda (5) va bu borada faqat «Chelsi»ning shtatdagi penaltichisi Palmerdan (8 urinishdan 8 ta gol) ortda. Shundan keyin londonliklar saviya hisobiga o‘yinni g‘alaba bilan yakunlashdi, jamoa birinchi bo‘limdagi ustunlikdan g‘alabani saqlab qolgan o‘yinlari seriyasi 40 taga yetdi. Yil boshidan buyon yuqori sport formasini saqlab qolayotgan Haversning goli amalda o‘yin masalasini hal qildi.

Zaxiradan maydonga tushgan Trossar esa qarshi hujumda sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Mikel Arteta jamoasi nafaqat ko‘p gol urmoqda, balki juda yaxshi himoyalanmoqda ham. Ular APLda qatorasiga beshta safar o‘yinida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, bunaqasi 1997 yildan buyon kuzatilmagandi, endilikda jamoa urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbatini «+50» ko‘rinishiga keltirdi.

Ispaniya: 40 yil kutilgan g‘alaba

«Atletik» – «Malyorka» 1:1. Penaltilar seriyasi – 4:2
Gollar:
0:1 – 21 Dani Rodriges, 1:1 – 50 Sanset.
«Atletik» – Agirresabala, De Markos, Vivian, Paredes, Berchiche (Lekue, 105), Prados (Vesga, 46), Ruis de Galarreta (Gomes, 80), Sanset (Muniain, 90), Uilyams, Uilyams (Berenger, 90), Guruseta (Raul Garsiya, 90).
«Malyorka – Greyf, Gonsales, Railo, Valent (Maffeo, 90), Kopete (Nastasich, 105), Toni Lato (van der Heyden, 110), Dani Rodriges (Radonich, 74), Darder (Morlanes, 62), Samu Koshta, Larin (Sanches, 62), Muriki.

«Atletik» nafaqat «Malyorka»ga qarshi, balki o‘zining kubok komplekslariga qarshi ham kurashishi kerak edi. Basklar — kubokda qatorasiga olti finalda mag‘lub bo‘lgan yagona jamoadir, so‘nggi ikki mag‘lubiyat pandemiyadan chiqish davrida bir kalendar yiliga to‘g‘ri kelgandi (2020 yilda «Sosiyedad»dan, 2021 yilda «Barsa»dan mag‘lubiyatga uchralgandi). Ernesto Valverde jamoasi bu safargi o‘yinni ham o‘z darajasidan past boshladi. Finalga chiqishining o‘zi sensatsiya bo‘lgan raqib bir hujumning o‘zida uch bor zarba berib hisobni ochdi.

Va faqat bo‘lim oxirlariga borib «Atletik» favorit sifatidagi maqomiga mos harakat qila boshladi. Niko Uilyams ofsaydda qolib ketgani uchun uning goli bekor qilindi, ammo hujum juda chiroyli amalga oshirilgandi. Ikkinchi bo‘lim boshida barcha qoidalarga mos keladigan holda javob goli urildi, bu hujumda Uilyamslarning kichigi ajoyib uzatma bilan raqib mudofaasini dog‘da qoldirdi va Sanset undan kam bo‘lmagan chiroyli zarba bilan uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Ammo «Malyorka» kuchli bosimga qaramay boshqa gol o‘tkazmadi va o‘yinni overtaymga olib o‘tdi. Bungacha orolliklar jamoasi pley-offning ikki bosqichida shunday qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba qozongandi.

Ammo nominal mezbonlar hujumkor o‘ynashda davom etishdi, Niko Uilyams darvozabon hududidan turib bergan zarba biroz xato ketdi. Boshqa tomondan, Muriki ham gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yakunda g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Basklarning omadsiz finallarida ishtirok etmagan 23 yoshli darvozabon Agirresabala esa ikkinchi zarbani qaytardi va uchinchi bo‘lib nuqtaga yaqinlashgan raqibni xato qilishga majbur etdi. «Atletik» vakillarining barchasi, jumladan oldingi yutqazilgan to‘rt finalda o‘ynagan Muniain ham aniq zarba berdi. Bilbao 40 yillik kutishdan keyin yana sovrin qo‘lga kiritdi.

Italiya: Dibaladan trolling

«Milan» – «Lechche» 3:0
Gollar:
1:0 – 6 Pulishich, 2:0 – 20 Jiru, 3:0 – 57 Rafael Leau.
«Milan» – Menyan, Kalabriya, Tomori, Gabbiya (Kiyer, 61), Ernandes (Terrachchano, 83), Pulishich (Musa, 62), Adli, Reynders (Binnosir, 78), Rafael Leau, Chukvueze, Jiru (Yovich, 62).
«Lechche» – Falkone, Venuti (Jandre, 70), Baskirotto, Pongrachich, Gallo, Blen (Berisha, 78), Ramadani, Gonsales (Pikkoli, 46), Dorgu (Perotti, 85), Banda (Almkvist, 46), Krstovich.
Ogohlantirishlar: Blen (34), Chukvueze (78).
Chetlatish: Krstovich (45).

«Milan» «Lechche»ni osonlik bilan mag‘lub etdi, barchasi Pulishich uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, sermahsullik bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatishi bilan boshlandi. Amerikalik futbolchi bunga qadar kuchli beshlik chempionatlarida bir mavsumda 10 ta gol urmagandi. Keyin esa rossonerilarning shtatdagi to‘purarlari katta sahnaga chiqdi. Jiru — o‘ziga xos uslubda gol urdi — burchakdan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda esa Adli qatorasiga ikkinchi o‘yinda Rafael Leauni golli pas bilan ta’minladi. Bungacha birinchi bo‘lim oxirida mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishgandi. Krstovich karatega xos usul bilan to‘pga emas, Chukvuezega zarba berdi va unga og‘ir jarohat yetkazishiga bir baxya qoldi.

«Roma» – «Latsio» 1:0
Gol:
1:0 – 42 Manchini.
«Roma» – Svilar, Chelik, Liorente, Manchini, Anxelino (Smolling, 79), Paredes (Bove, 81), Kristante, Pellegrini, Al-Sha’roviy (Spinatssola, 70), Dibala (Abraham, 79), Lukaku.
«Latsio» – Mandas, Marushich (Pellegrini, 79), Romanoli (Gabarron, 46), Kazale, Xila, Felipe Anderson, Vesino (Luis Alberto, 70), Kamada, Genduzi, Isaksen (Pedro, 46), Immobile (Kastelyanos, 46).
Ogohlantirishlar: Vesino (21), Manchini (55), Chelik (68), Pedro (73), Kastelyanos (75), Paredes (80), Pellegrini (90+3), Lukaku (90+6).

Manchini birinchi bo‘lim oxirida burchak zarbasidan keyin hisobni ochishini adolat tantanasi deyish mumkin edi. Statistika nuqtayi nazaridan ham bu alohida hodisa bo‘ldi, chunki italiyalik himoyachilar to‘qqiz yildan buyon Rim derbisida «bo‘rilar» uchun gol urmagandi. Top-4 uchun kurashni davom ettirayotgan «Roma» birinchi  bo‘limda raqibdan yaxshiroq ko‘rindi va bir necha vaziyatda faqat omad tufayli «Latsio» goldan qutulib qoldi.

«Burgutlar» ham tanaffusdan keyin faollashdi, Kamada darvozani ishg‘ol ham etdi, ammo ofsayddan. Keyin esa Dibala va Genduzi o‘rtasida munozara kelib chiqdi, fransuz futbolchisi argentinalik raqibning bo‘ynidan bo‘g‘di, futbolchilar ularni ajratib qolishdi. Yakunda argentinalik futbolchi fransuzga JCh-2022 g‘olibligiga bag‘ishlangan shitni ko‘rsatib, ulardan qaysi biri chempion ekanini eslatib qo‘ydi.

Paredes esa Pedroga provokatsiya qilib, uni sariq olishga majbur qildi. Umuman, bu o‘yinda to‘qnashuvlar golli vaziyatlardan ko‘proq bo‘ldi va shunday o‘yinda o‘tgan mavsum oxiridan buyon o‘ynamagan Abrahamning qaytishi ro‘y berdi. Angliyalik hujumchi gol ura olmadi, ammo ikki yillik tanaffusdan keyin ashaddiy raqib ustidan ilk g‘alabani saqlab qolishga yordam berdi, «Roma» bungacha qatorasiga to‘rt o‘yinda hamshaharlariga gol ham ura olmagandi.

Germaniya: «Bavariya»da ketma-ket mag‘lubiyatlar, «Borussiya» kuchli to‘rtlikdan chiqib ketdi

«Haydenhaym» – «Bavariya» 3:2
Gollar:
0:1 – 38 Keyn, 0:2 – 45 Gnabri, 1:2 – 50 Zessa, 2:2 – 51 Klyayndinst, 3:2 – 79 Klyayndinst.
«Haydenhaym» – Myuller, Traore, Maynka, Gimber, Ferenbah (Bush, 46), Melouni, Beste (Tomalla, 76), Bek (Piringer, 46), Sheppner (Zessa, 46), Klyayndinst, Dinkchi.
«Bavariya» – Ulrayh, Upamekano, Kim Min Je, Devis, Goretska (Saragosa, 83), Laymer, Kimmih, Myuller (Gerreyru, 84), Musiala (Shupo-Moting, 76), Keyn, Gnabri (Tel, 67).
Ogohlantirishlar: Gimber (62), Dinkchi (89).

Germaniya chempionatining 28-turida sensatsiya ro‘y berdi. O‘tgan turda nemis klasikosida ko‘p yillardan buyon o‘z maydonida «Borussiya»ga ilojsiz holatda yutqazgan (0:2) «Bavariya» bu turda o‘tgan mavsumda ikkinchi bundesligada o‘ynagan «Haydenhaym»ga yutqazdi. Qolaversa, jamoa birinchi bo‘limdagi 2:0 hisobidagi ustunlikni boy berdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin butkul o‘zgarib ketdi. Barchasi atigi ikki daqiqa ichida bo‘lib ketdi. 50-daqiqada  Sessa hisobni qisqartirdi, 51-daqiqada mezbonlar to‘purari Klyayndinst muvozanatni tikladi. Gollar orasidagi vaqt atigi 86 soniya. «Bavariya» kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi bo‘yicha raqibdan ustunlik qildi, ammo urilgan gollar bo‘yicha yutqazdi. Klyayndinst 79-daqiqada «Haydenhaym»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi. Mezbonlar vakillar uchala golli hujumda ham amalda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi.
Boshqa tomondan, «Haydenhaym» o‘tgan turda ham Shtutgartda chempionatning uchinchi jamoasiga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini 3:2 ko‘rinishiga keltirgandi, faqat o‘shanda mezbonlar qo‘shimcha daqiqalarda hisobni tenglashtirishga erishgandi. Tomas Tuxel esa o‘z futbolchilarini o‘ziga keltira olmadi.

«Bavariya» 2011/2012 yillar mavsumidan buyon bir mavsumda beshdan ortiq o‘yinda yutqazdi. Uchrashuvdan keyin klub sport direktori Maks Eberl yozda jamoada ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y berishini ma’lum qildi.

«Union» – «Bayyer» 0:1
Gol:
0:1 – 45+8, penalti Virts.
«Union» – Rennov, Trimmel (Yuranovich, 63), Fogt, Diogu Leyte, Duki, Gozens, Xedira (Layduni, 62), Tuzar, Shafer (Kral, 63), Aaronson (Hollerbah, 79), Vertessen (Kaufmann, 46).
«Bayyer» – Gradetski, Ta, Kossunu, Inkapie, Grimaldo, Tella (Frimpong, 79), Chaka, Andrih, Virts, Iglesias (Bonifase, 67), Glojyek (Adli, 33).
Ogohlantirishlar: Gozens (9), Tuzar (37), Adli (64), Andrih (82).
Chetlatish: Gozens (45+3).

Bu vaqtda «Bayyer» «Union» maydonida minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bunda berlinliklar birinchi bo‘lim oxirida bir kishi kam bo‘lib qolgani ham yordam berdi. O‘yindagi yagona gol Virs nomiga yozildi, u VAR orqali belgilangan penaltini aniq ijro etdi. «Bayyer»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 41 o‘yinga yetdi. Alonso jamoasida bu o‘yinda mag‘lubiyatga uchrash imkoniyati ham yo‘q edi, «Union» futbolchilari darvoza sohasiga birorta aniq zarba yo‘llay olmadi. Endi «Bayyer»ning ikkinchi o‘rindagi «Bavariya» bilan farqi 16 ochkoga yetdi.

Bundesligada yana oltita tur qoldi. «Bayyer» Germaniya chempionligini rasmiylashtirishi uchun bitta g‘alaba yetarli. Klub 120 yillik tarixida hech qachon chempion bo‘lmagan.

Leverkuzenliklar katta ehtimol bilan keyingi o‘yinda, 14 aprel kuni 11-o‘rinda joylashgan va hech narsa uchun kurashmayotgan «Verder»ga qarshi uy o‘yinida chempionlikni nishonlaydi. Holbuki Xabi Alonso o‘tgan mavsumda «Bayyer»ni qabul qilganida jamoa 17-o‘rinda kelayotgandi.

«Borussiya» D – «Shtutgart» 0:1
Gol:
0:1 – 64 Girassi.
«Borussiya» D – Kobel, Ryuerson (Roys, 82), Hummels, Shlotterbek, Matsen (Mukoko, 82), Zabitser (Bayno-Gittens, 72), Jan, Brandt (Nmecha, 65), Sancho, Adeyyemi, Fyullkrug (Aller, 82).
«Shtutgart» – Nyubel, Vagnoman (Stergiu, 46), Ito, Shtiller, Mittelshtedt, Karazor, Fyurih (Jon Vu Yen, 68), Miyo (Daud, 86), Leveling (Mvumpa, 85), Girassi, Undav (Shtensel, 90).
Ogohlantirishlar: Shtiller (9), Miyo (26), Brandt (45+1), Adeyyemi (72), Karazor (72), Nyubel (85).

Bundesligadagi asosiy intriga Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rin uchun kechmoqda. Bu raqobatda yana «Leypsig» dastlab «Frayburg»ni yirik hisobda yengdi (4:1) va to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha «Borussiya»ga tenglashib oldi. Dortmundliklar esa turning markaziy bahsida «Shtutgart»ni qabul qildi, ammo jamoa futbolchilari shu qadar mas’uliyatli o‘yinda vaziyatlarini yo‘qqa chiqarishdi.

Birinchi bo‘limda Adeyyemi yakkama-yakka vaziyatda gol urolmadi. Keyin esa Dortmunddagilar mavsum oxirida ko‘p eslashi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan biri ro‘y berdi. Nyubel Nmechaning zarbasini qaytarganida to‘pga ega chiqqan Shlotterbekning qarshisida himoyasiz darvoza qolgandi, ammo uning bir yarim metrdan yo‘llagan zarbasi yuqoridan o‘tib ketdi. Girassi esa kerakli pallada hisobni ochib, 24 gol bilan «Shtutgart»ning yangi rekordini o‘rnatdi. Shvablar jamoasi endi ochkolar soni bo‘yicha «Bavariya»ga yetib oldi, «asalarilar» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Leypsig»ni to‘rtinchi o‘ringa o‘tkazib yubordi.

Fransiya: Mbappe qutqaruvchi rolida

«PSJ» – «Klermon» 1:1
Gollar:
0:1 – 32 Keita, 1:1 – 85 Gonsalu Ramush.
«PSJ» – Tenas, Mukiyele (Hakimi, 13), Shkrinyar (Markinos, 67), Danilu Pereyra, Zage, Soler, Ugarte, Meyulyu (Li Kan In, 67), Asensio, Kolo-Muani (Mbappe, 67), Gonsalu Ramush.
«Klermon» – Ndiayye, Kofriye, Pelmar, Matsima, Neto, Gasten, Keita (Bela, 84), Manen (Jake, 73), Cham, Allevina (Zeffan, 45), Virjiniyus (Nikolson, 63).
Ogohlantirish: Ugarte (76).

«PSJ» dastlabki yarim soatni shunday o‘tkazdiki, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda qolayotgan raqib g‘alabani o‘zi tortiq etishi kerakdek. Parijliklar xayoli Chempionlar ligasi bilan band edi, ammo Luis Enrike o‘ynash imkoniyatini bergan futbolchilar natija keltira olmagani ham g‘alati edi. «Klermon» esa o‘z hujumida parijliklarning tushunarsiz xatolaridan maksimum chiqarib oldi. 17 yoshli Meyulyuning javob goli esa qoidabuzarlik tufayli bekor qilindi.

Amaldagi chempionlar faqat ikkinchi bo‘limning o‘rtalariga kelib o‘ziga o‘xshay boshladi, ammo uzoq vaqtgacha shu kuni juda kuchli o‘yin namoyish etgan darvozabonga gol urishning imkoni bo‘ldi. Natijada parijliklar murabbiylar shtabi bir vaqtning o‘zida Markinos, Li Kan In va Mbappeni maydonga tushirishiga to‘g‘ri keldi. Ammo Kilian ham qulay vaziyatni yo‘qqa chiqarib, Gonsalu Ramushning zarbasidan keyin to‘sindan qaytgan to‘pni darvozabonning qo‘llariga qarata tepdi. Ammo aynan shu juftlik «PSJ»ni kulgiga qolishdan saqlab qoldi. Hujumchilarning devor uslubidagi kombinatsiyasi Ramush yakkama-yakka vaziyatdan hisobni tenglashtirishi bilan yakunlandi.

Kun statistikasi

  • «Kyoln» 1-bor 90-daqiqagacha yutqazib turgan o‘yinida g‘alaba qozondi.
  • 2 futbolchi — bavariyaliklar safida Keyn va «Leypsig» forvardi Openda — oltmish yil oldingi natijani takrorlashdi. Bundesliga tarixida ikkinchi bor bir mavsumda birdaniga ikki futbolchi kamida 20 gol urishgan.
  • Haverts APLdagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda — 9 gol. Bu — uning «Arsenal»dagi debyut mavsumi. Avvalgi 3 yilni «Chelsi»da o‘tkazgan.
  • «PSJ» 27 o‘yindan beri yutqazmayapti.
  • «Atletik» 40 yilda ilk bor Ispaniya Kubogini yutdi. Bilbao klubi (24) chempionliklar soni bo‘yicha faqat «Barsa»dan (31) orqada.
  • De Bryuyne «Siti»dagi 100-golini urdi. U klubda 372 o‘yinda 267 ochko (100+167) to‘plagan. 
Ko‘proq yangiliklar: