Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

O‘zbekiston 07:25 / 06.04.2024 11831

«Tojikiston fuqarolarining Turkiyaga umumiy fuqarolik pasporti orqali kirishi bo‘yicha vizasiz rejimni bekor etishga qaror qilindi», — deyiladi hujjatda

Qaror rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. 

Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga sayohat maqsadi turizm bo‘lsa va qolish muddati 90 kundan oshmasa, vizasiz borishi mumkin edi. 

Aprel oyi boshida Istanbulda Tojikiston fuqarosi va Qirg‘iziston fuqarosi terrorchilik aktini tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: