Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
Qonunga ko‘ra, TikTok, Facebook, Snapchat, Reddit, X va Instagram kabi yirik ijtimoiy tarmoqlar 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkaunt yaratishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Foto: Getty Images
Avstraliya Senati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aksariyat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi CBS News. Endi hujjat mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze tomonidan imzolanishi kerak, u azaldan bu qonunni qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Yangi qonun Avstraliyani o‘smirlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda eng qattiq cheklovlarga ega demokratik mamlakatga aylantiradi.
Qonunga ko‘ra, TikTok, Facebook, Snapchat, Reddit, X va Instagram kabi yirik ijtimoiy tarmoqlar 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkaunt yaratishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ushbu qoidalarga rioya qilmagan kompaniyalar 50 million Avstraliya dollari (33 million AQSh dollari) miqdorigacha jarimaga tortiladi.
Yirik texnologiya kompaniyalari, jumladan, Facebook va Instagram egasi Meta korporatsiyasi qonunning shoshilinch qabul qilinganidan xavotir bildirdi. Meta ushbu talablarni amalga oshirish uchun barcha foydalanuvchilardan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishni talab qilishini ta’kidladi, bu murakkab va qimmat jarayon bo‘ladi. Bundan tashqari, X egasi Ilon Maskning aytishicha, yangi qonun avstraliyaliklar uchun butun internetga kirishni nazorat qilish usuli bo‘lishi mumkin.
Texnologik gigantlar bilan bir qatorda Avstraliyaning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi va Save the Children fondi kabi mustaqil tashkilotlar qonun o‘smirlar huquqlarini poymol qilishi mumkinligidan xavotirda. Ular taqiqlar o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarning platformalar xavfsizligi uchun mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, raqamli savodxonlik va xavfsizlik bo‘yicha ta’limni maktab o‘quv dasturiga kiritishni taklif qilishdi.
Bosh vazir Entoni Albaneze tanqidni rad etib, qonunda YouTube va Google Classroom kabi ta’lim va sog‘liqni saqlash platformalariga kirish uchun istisnolar mavjudligini aytdi. Shuningdek, ma’lumotlar maxfiyligining qat’iy himoyasi ta’minlanishini ta’kidladi. Qarama-qarshiliklarga qaramay, qonun loyihasi aholi orasida keng qo‘llab-quvvatlanmoqda: YouGov so‘roviga ko‘ra, avstraliyaliklarning 77 foizi 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlash joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

17:05 / 12.07.2025
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi

18:24 / 10.07.2025
Avstraliya 2014 yilda urib tushirilgan MH17 samolyoti uchun Rossiyadan tovon talab qildi

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

20:40 / 04.07.2025