Ayrim shaxslar yo‘qotilgan pasport va ID-kartani almashtirib berishda davlat bojidan ozod etiladi

O‘zbekiston 12:14 / 06.04.2024 3825

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha prezident qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatga integratsiya qilish va mustaqil hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonini raqamlashtirish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda yengilliklar yaratish, jumladan, ularning yo‘qotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari)ni ular reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida almashtirib berishda davlat bojidan ozod qilish.
Ko‘proq yangiliklar: