Ukrainada urushning 771-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- NATO Ukrainada noharbiy missiya tuzilganini e’lon qildi.
- RF qo‘shini Xarkiv kamikadze dronlar bilan hujum qildi. To‘rt kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan.
- «Ukrenergo» Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlari kuchayishi munosabati bilan olti oblastda elektr tokini rejali o‘chirish joriy etilishini e’lon qildi.
- Finlandiya Rossiya bilan chegaralari yopilishini noma’lum muddatga uzaytirdi.
- FXX Krasnodarsk o‘lkasida «Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shilishni niyat qilish»da gumonlangan Isroil fuqarosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan chiqarib yuboriladi.
- «Ukrainskaya pravda» 2200 nafar amaldor deklaratsiyasini o‘rganib chiqdi. Urush boshlanganidan buyon ularning daromadlari to‘rt barobarga oshgan.
- Sud sovet dissidenti Aleksandr Skobovni qamoqqa oldi, u Qrim ko‘prigiga hujum haqidagi post uchun terrorizmni oqlashda ayblangan.
Kun kadri. Zaporijjyadagi bombapanada maktab darsi
V administrativnom sentre Zaporijjya oblasti ma’muriy markazida aprel oyidan maktablarning bir qismi RFning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon ilk bor an’anaviy ta’limga qaytdi. Hozircha 24 maktab am oflayn, ham masofaviy darslarni ko‘zda tutuvchi «aralash format» bo‘yicha ishlaydi. Darslar faqat bombapanagohlar jihozlangan o‘quv muassasalarida o‘tkaziladi, degan region rahbari Ivan Fedorov. Hozirda 1,5 ming nafar o‘quvchi maktablardagi darslarga qatnashi mumkin, rasmiylar yangi o‘quv yili boshigacha Zaporijjyada 40 ming o‘quvchi «aralash format»ga o‘tishini rejalashtirmoqda. Fedotov o‘quvchilari ikki yarim yildan buyon ilk bor an’anaviy darslarga qaytgan ikkita maktabga tashrif buyurgan. «Bolalar mamnun, ota-onalar xotirjam, pedagoglar — faol ish bilan mashg‘ul», — deya yozgan u.
Xarkivga zarba
Rossiya qo‘shini 4 aprelga o‘tar kechasi dronlar bilan Xarkivga hujum qildi. Turar joy binosi zarba ostida qolgan. To‘rt kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari birinchi zarbadan keyin voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar, ular xarobalarni tozalashga kirishganida navbatdagi dron zarba bergan.
Toretskdagi ukrain minomyotchilari
Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Toretsk shahri faol harbiy harakatlar hududiga yaqin joylashgan. Rossiya qo‘shini Toretskni muntazam ravishda artilleriyadan o‘qqa tutadi, shuningdek shaharga aviabombalar tashlaydi.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya nazoratidagi Donetskdan deyarli har kuni shahar o‘qqa tutilgani haqida xabarlar kelmoqda. DXR rasmiylari bunda ukrain harbiylarini ayblamoqda.