«Urush faqat tiriklar va o‘liklarga ajratadi». Ukrain ko‘ngillilari Donbassda halok bo‘lganlarning jasad qoldiqlarini qidirmoqda

Jahon 16:33 / 04.04.2024 10347

Ukrainada urushning 770-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Rossiya «1 iyungacha» qo‘shimcha 300 ming kishini safarbar qilmoqchiligini aytdi. Kreml buni rad etdi.
  • Ukraina harbiy razvedkasi 2024 yilning birinchi yarmida Qrim ko‘prigiga yangi hujumni tayyorlamoqda, deb xabar berdi The Guardian.
  • RF mudofaa vazirligi «Krokus»dagi teraktdan keyin shartnoma asosida xizmat qilish istagini bildirayotganlar soni ortganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, ko‘ngillilar «qurbonlar uchun qasos olish» istagini bildirmoqda.
  • Tatariston rahbari regiondagi korxonalarni havo hujumidan mudofaa kuchlariga ishonib qolmasdan, dronlar hujumidan mustaqil himoyalanishga chaqirdi.
  • Politico nashri Xitoy, Saudiya Arabistoni va Indoneziya Yevroittifoqning Rossiya aktivlarini musodara qilish bo‘yicha rejasiga qo‘shilmaganini xabar qildi.
  • Fransiya mudofaa vaziri Parijda Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligini aytdi.

Kun kadri. Liman atrofida yonib ketgan dala

Ukrainadagi janglarda Rossiya qo‘shini ham, Ukraina qurolli kuchlari ham kassetali o‘q-dorilardan foydalanmoqda — bu keng maydonga tarqaladigan mayda sub o‘q-dorilardan iborat ajraluvchi qismga ega snaryadlardir. Bunday o‘q-dorilar jahonning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan, chunki ular ayrim hollarda portlamay qoladi va ular qo‘llangan hududlar minalardan tozalanmagan holatida tinch aholi hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Rossiya ham, Ukraina ham, Ukraina qurolli kuchlariga qurol yetkazib berayotgan AQSh ham kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni taqiqlovchi konvensiyani imzolamagan.

Liman atrofida kassetali o‘q-dorilar qo‘llanishi oqibatida yonib ketgan dala
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainadagi qidiruvchilar halok bo‘lgan askarlarning jasadlari bilan

Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush ketayotganiga ikki yildan oshdi. RF mudofaa vazirligi va Ukraina qurolli kuchlari raqib yo‘qotishlari to‘g‘risida tez-tez xabar berib turadi (bu ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali operativ tasdiqlash imkonsiz), ammo o‘z yo‘qotishlari haqida juda kam ma’lumot beradi. Ukraina prezidenti 2024 yil fevral oyi oxirida RFning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon 31 ming ukrain harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. «Mediazona» va BBC rus xizmati jurnalistlari, shuningdek ko‘ngillilar jamoasi mart oyi oxiriga kelib Ukrainada halok bo‘lgan rossiyalik harbiylardan 49 281 nafarining shaxsini tasdiqlagan. Ikki tomondan yarador bo‘lgan, asir tushgan va bedarak yo‘qolgan harbiylar haqida to‘liq rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim ukrainalik va rossiyalik askarlarning taqdiriga shiddatli janglar kechayotgan hududlarda, jumladan Donetsk oblastida ishlayotgan ko‘ngillilar oydinlik kiritmoqda.

Halok bo‘lgan harbiylar taqdiriga oydinlik kiritishda yordam berayotganlar orasida — Oleksiy Yukov rahbarligidagi «Platsdarm» qidiruv guruhi ham bor 
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Yukov 2024 yil yanvarida «Hromadske»ga bergan intervyusida 24 yildan buyon halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlarni qidirish bilan shug‘ullanishini aytgan. Avvaliga bu Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarni qidirish edi, 2014 yildan esa u va «Platsdarm» guruhidagi safdoshlari Ukrainada birinchi bo‘lib Donbassda halok bo‘lganlarning taqdirini aniqlash bilan shug‘ullanishni boshlaydi. «Hozir tarix aylanib ketdi va bizning bobolarimiz bilan birgalikda okoplarda o‘tirib, natsistlar Germaniyasiga qarshi kurashganlar endi bizga qarshi kurashmoqda», — deydi u.
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«2014 yildayoq „dxrchilar“ning onalari bu yerga kelib, bizdan yolvorib yordam so‘ragandi. Biz yordam bergandik, chunki biz odammiz, barcha onalar uchun — dard bir xilda. Bu onalar uchun hayot tugagan, chunki bular ular duo qilib ulg‘aytirgan bolalar. Ona urushni qo‘llashi yoki qo‘llamasligi mumkin, ammo fakt bizga ayon, — bu vayron bo‘lgan taqdirlar. Yigit yotibdi, u qanday inson bo‘lgani noma’lum: mehribon yoki yomon. Undan allaqachon yashash, inson bo‘lish imkoniyatini olib qo‘yishgan, chunki kimdir imperator bo‘lishni, sovet ittifoqini tiklashni xohlab qolgan. Ammo nahotki bu shuncha odam hayotiga arziydi?» — deydi Yukov intervyuda.
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«O‘liklar men tomonda, men esa hamisha o‘liklar tomondaman, chunki ular haqida qayg‘uradiganlar yo‘q», — deydi «Platsdarm» qidiruv guruhi rahbari
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Biz rossiyaliklarning jasadlarini olamiz va hech qachon ularni tahqirlamaymaiz. Biz uchun ham, ular uchun ham bu — qayg‘u. Bir tomon qul bo‘lib qolish uchun, boshqa tomon — qul bo‘lib qolmaslik uchun kurashayotgani dahshatli», — deydi Yukov
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylarining jasad qoldiqlari dafn etish uchun ularning oilalariga qaytariladi, rossiyaliklarning jasad qoldiqlarini esa Ukraina qurolli kuchlarining halok bo‘lgan harbiylari jasadlariga almashtirish uchun hukumatga topshiriladi
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Biz birorta jasadni chetga chiqarib qo‘ymaymiz — rossiyaliknikini ham, ukrainaliknikini ham — barchasini olamiz. Har bir rossiyalik askar — ukrainalik harbiy xizmatchiga almashtirish uchun. Biz shunchaki jasadlarni emas, qalblarni ham qaytaramiz», — deya qayd etadi Yukov.
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Urush millatiga va e’tiqodiga qarab ajratmaydi. Urush tiriklar va o‘lganlarga ajratadi. Hech kim urushda g‘olib bo‘la olmaydi, chunki hammada qurbonlar bo‘ladi», — deb hisoblaydi «Platsdarm» qidiruv guruhi rahbari.
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Sankt-Peterburgdagi bilbord

Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: