O‘zbekistonga 2 oyda qancha fuqaro davolanish maqsadida kelgani aytildi

O‘zbekiston 10:59 / 04.04.2024 1473

2024 yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 foizga oshgan.

O‘zbekistonga 2 oyda davolanish maqsadida eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:

  • Tojikiston – 8,7 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 2 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 1,9 ming nafar;
  • Rossiya – 220 nafar;
  • Turkmaniston — 144 nafar.
Ko‘proq yangiliklar: