O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

Iqtisodiyot 11:57 / 04.04.2024 6522

O‘zbekiston Markaziy banki fevral oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan

Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 19 tonnaga oshgan. Ammo qimmatbaho metallni xarid qilish hajmi yanvar oyiga (45 tonna) nisbatan 58 foizga kamaygan.

Fevral oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Xitoy (12 tonna), Qozog‘iston (6 tonna) va Hindiston (6 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.

Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi va o‘z zaxiralarini 12 tonnaga qisqartirdi. Shuningdek, Iordaniya Markaziy banki tomonidan ham 4 tonna oltin sotilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston 2023 yilda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi davlat bo‘lgani xabar qilingandi. Xususan, o‘tgan yilda 8,2 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: