Biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari kengaytiriladi

O‘zbekiston 12:55 / 04.04.2024 1187

Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha yaxlit tizim joriy etish maqsadida qo‘llab-quvvatlash vositalarini kengaytirish va ulardan foydalanish shartlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish to‘g‘risida nizomga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • Baholash guruhlari uch ish kunida dastlabki ro‘yxatga kiritilgan loyiha tashabbuskorlarining istiqbolli loyihalarini tanlab oladi. Bunda baholash guruhining har bir a’zosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida o‘z fikr va mulohazalarini berishi shart. Guruh a’zosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy xulosa berilgan deb hisoblanadi;
  • hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va moliyaviy vositalardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim;
  • loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash usullari ro‘yxati 500 mln so‘mgacha kredit bilan to‘ldirildi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga o‘tkazib berilishi mumkin.
Ko‘proq yangiliklar: