Olmaota politsiyasi shaharda «Rossiya ozodligi» legioniga qo‘shilishga chaqiriqlar yozilgan varaqalar haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda. Shunga o‘xshash bukletlar shaharning chekka qismlarida ham, markaziy hududlarida ham paydo bo‘ldi, deb xabar berdi DW muxbiri 2 aprel, seshanba kuni.
Varaqada aytilishicha, «Rossiya ozodligi» legioni «rekrutlar»ni yollashi haqida e’lon qiladi. Varaqalarda ko‘rsatilgan QR-kodlar legion sahifasiga va tashkilotning Telegram-kanaliga yo‘naltiradi. Varaqalar Olmaota chekka qismidagi «Mega-Tsentr» savdo-ko‘ngilochar majmuasi atrofiga, shuningdek, shahar markazidagi jamoat transporti bekatlariga yopishtirib ketilgan. «Ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda, holatlar aniqlanmoqda», — deya xabar qildi Olmaota politsiya departamenti matbuot xizmati.
«Rossiya ozodligi» legioni - UQK tarkibidagi harbiy qism, u asosan rossiyalik harbiy asirlar va Ukraina tomoniga o‘tgan ko‘ngillilardan tashkil topgan. Bo‘linmaning tashkil etilishi 2022 yil mart oyida ijtimoiy tarmoqlar va Ukraina matbuotida e’lon qilingan.
O‘z ma’lumotlariga ko‘ra, legion ikkita batalondan iborat bo‘lib, 2022 yil iyun holatiga ko‘ra umumiy soni 250 kishini tashkil etgan. 2023 yil mart oyida RF Oliy sudi legionni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi.