O‘zbekiston | 16:29 / 02.04.2024
18363
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ichimlik suvni rejali o‘chirish jadvali e’lon qilindi

Poytaxtda 15 aprel-20 may kunlari davomida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» poytaxtda sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chirilishini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi yoki vaqtincha to‘xtatiladi.

Tumanlarda suvni o‘chirish 15 apreldan boshlanib, 20 mayga qadar davom etadi. Muayyan bir hududda suv qariyb ikki kun davomida bo‘lmaydi.

Quyida havolalarda ichimlik suvi to‘xtatiladigan manzillar va o‘chish vaqti keltiriladi:

Ro‘yxatga kiritilmagan Bektemir tumanida rejali o‘chirish bo‘lmaydi. Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Mavzuga oid