Kupyanskdagi vayronalar va Buchada xotira tadbirlari. Urush suratlari

Jahon 17:43 / 02.04.2024 8657

Ukrainada urushning 768-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorod kun davomida ikki bor o‘qqa tutildi. Birinchi zarba oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan.
  • Xarkiv meri Igor Terexov shahar o‘qqa tutilishi oqibatida amalda barcha muhim energetika infratuzilmalari vayron bo‘lganini ma’lum qildi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi RF qurolli kuchlari yana bitta Abrams tankini yo‘q qilgani haqida xabar berdi.
  • Kiyev shahri ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon Rossiya qo‘shini shaharga 180 dan ortiq raketa va dronlar bilan zarba bergan.
  • Ukrainada harbiy holat joriy qilingan vaqtda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lgan harbiylarni demobilizatsiya (xizmatdan bo‘shatish) qilish boshlandi.
  • Estoniya mudofaa vazirligi yevropalik harbiylar ukrain harbiylarini o‘qitish uchun Ukrainaga yuborilishi mumkinligini bildirdi.
  • Parij meri Rossiya va Belarusdan bo‘lgan sportchilar 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga qarshi chiqdi.
  • Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukrainani harbiy asirlarni «barchani barchaga» formulasi bo‘yicha almashishga chaqirdi.

Vayron bo‘lgan Kupyansk

Xarkiv oblastining Kupyansk shahri bir necha oy davomida Rossiya okkupatsiyasi ostida bo‘lgan — 2022 yil fevralidan sentabriga qadar. Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum davomida shaharni ozod etgan, ammo Rossiya qo‘shini shaharni yana qayta egallab olish harakatlarini davom ettirdi. 2024 yil martida RF qurolli kuchlari shaharga hujum qilishni to‘xtatdi, manbalarga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi qo‘shinlarning bir qismi frontning boshqa uchastkalarida yurish qilish uchun olib ketilgan.

Kupyanskda va uning atrofidagi aholi yashash punktlarida janglar izlari saqlanib turibdi. Xususan, Kupyansk rayonidagi qishloqlardan birining chekkasida yonib ketgan S-300 zenit-raketa majmuasi qoldiqlari turibdi, bu qishloqni ayni vaqtda front chizig‘idan 10 kilometr ajratib turibdi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘p oylar davomida o‘qqa tutilgan Kupyansk kuchli darajada shikastlangan, jumladan markaziy bozor vayron bo‘lgan
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Urushga qadar Kupyansk rayonida 12 mingga yaqin kishi yashagan. Hozirda bu yerda 3000 kishi qolgan
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
O‘z uyini tark etishdan bosh tortayotgan odamlar buni o‘z mulkini tashlab keta olmasligi, boradigan joylari yoki xavfsizroq joyga borish uchun mablag‘lari yo‘qligi bilan izohlashadi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Kupyanskdagi ko‘plab binolar xarobaga aylangan. Shahar bo‘ylab zarbalar to‘xtamayapti. 2 aprel kuni Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov RF qo‘shini shaharga yana aviabomba tashlaganini xabar qildi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Bucha ozod etilganining ikki yilligi

Rossiya qo‘shini Kiyev oblastidagi Bucha shaharchasini 2022 yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida egallab olgandi. O‘sha yil mart oyi oxirida RF qo‘shini shaharni tark etadi. Bu yerda tinch aholi vakillaridan o‘nlab kishilar o‘ldirilgandi. Rossiya qo‘shini ketganidan keyin shaharga kirgan xorijlik jurnalistlar shaharda sodir bo‘lgan hodisalarni hujjatlashtirgan, bu yerda tinch aholi vakillari jasadlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chalarda qoldirilgandi. RF hukumati o‘z harbiylari Bucha aholisini o‘ldirganini tan olmagan, Rossiyada ushbu shaharda ro‘y bergan holatlar haqidagi postlar armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatish deb hisoblanib, bunday postlar uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.

Buchada o‘ldirilganlarning qarindoshlari shahar qabristonida
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Buchada halok bo‘lganlar orasida tinch aholi vakillari ham, shaharni himoya qilgan ukrain harbiylari ham bor edi
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Buchada halok bo‘lgan ayrim ukrain harbiylari shahar qabristoniga dafn etilgan. Shahar ozod etilganining ikki yilligida  qarindoshlari ularni xotirlash uchun kelishdi
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Buchaga 31 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham tashrif buyurdi
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
«Borodyanka, Bucha, Irpin, Gostomel, Moshchun janglar maydoni, ukrainlarning yovuzlikdan xoli o‘z vatani, o‘z hayoti, o‘z uyi uchun kurashi maydoni bo‘lgandi. Bugun biz o‘sha vaqtda bardosh bergan, hozir ham kurashayotgan, ishlayotgan va Ukrainaning Rossiya o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lgan, lekin ukrainlarga qaytarib berishiga to‘g‘ri keladigan barcha yerlari, shaharlari va qishloqlariga albatta ozodlik keltiradigan har bir kishining kuchini ulug‘laymiz», — deb yozdi Zelenskiy o‘z telegram-kanalida
Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Liman atrofidagi ukrain askari

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida yurish qilishga harakatlarini davom ettirmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 1 aprel kuni tongida berilgan hisobotida Liman yo‘nalishidagi ukrain jangchilari raqibning Terni qishlog‘i hududida aviatsiya ko‘magida mudofaani yorib o‘tishga bo‘lgan uch urinishi qaytarilgani aytilgan.

95-alohida desant-shturm Polese brigadasi 1-desant-shturm batalyoni vzvod komandiri Stanislav Krasnov mart oyi oxirida telemarafon efirida Ternidagi ukrain harbiylarining pozitsiyalari ayrim hollarda raqibnikidan 50 metr masofada joylashganini aytib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘mondonligi jangga avvaliga «yaxshi ta’lim ko‘rmagan piyodalarni to‘p yemi» sifatida tashlamoqda, ularning ortidan esa «nisbatan professional guruhlar qo‘shimcha kuch sifatida» yuborilmoqda. «Ternida deyarli barcha narsa yakson etilgan, rossiyaliklar muntazam ravishda o‘t ochadi», — deydi u. Shu bilan birgalikda, uning so‘zlariga ko‘ra, agar avval frontning bu uchastkasida vaziyat «juda keskin» bo‘lgan bo‘lsa, endilikda, ukrain harbiylarining sa’y-harakatlari evaziga vaziyat «shunchaki keskin» holatga o‘tgan.

Frontning Liman yaqinidagi uchastkasida okopda yotgan ukrainalik harbiy
Iryna Rybakova / AP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining mamlakat janubidagi gaubitsalari

Ukraina qo‘shini G‘arb tomonidan yetkazib berilgan texnikalarga ham, o‘zining SSSR davridan qolgan qurollariga ham o‘q-dori taqchilligini boshdan kechirmoqda. 122 millimetr kalibrli 2S1 «Gvozdika» gaubitsalari Ukraina qurolli kuchlari mexanizatsiyalashgan brigadalarining Rossiya bosqini ilk davridagi asosiy quroli edi, ammo o‘q-dori taqchilligi va harbiy yo‘qotishlar tufayli ularning safi siyraklashib bormoqda.

Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA

 

 

Donetsk oblastidagi Drujkovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Drujkovka — Ukrainning Donetsk oblasti Kramatorsk rayonidagi shahar bo‘lib, front chizig‘i yaqinida joylashgan. 1 aprel kuni Rossiya qo‘shini shaharni yana bir bor S-300 zenit-raketa tizimidan o‘qqa tutib, madaniyat saroyini vayron qilgan.

«Ikkita raketa uchib keldi. Ikki bor portlash bo‘ldi. Madaniyat saroyi hududiga tushdi — bino qisman vayron bo‘ldi, devor ham, tom ham, tomoshabinlar zali ham, oynalar ham yo‘q», —degan «Suspilne» nashriga shahar ma’muriyati rahbari Sergey Bukovskiy.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Bu Drujkovkadagi madaniyat saroyi birinchi bor Rossiya zarbasiga yo‘liqishi emas. «Biz ikkinchi bor o‘qqa tutishdan keyin tiklash ishlarini boshlagandik va bu uchinchisi», — degan Boyevskiy.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastining DXR nazoratidagi qismi o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukrainaning Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Luganskoye posyolkasi o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR nazorati ostida. Ikki mingga yaqin kishi yashaydigan Luganskoye Donbassda 2014-2015 yillarda bo‘lib o‘tgan harbiy harakatlar chog‘idayoq jiddiy shikastlangandi. RF qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini davrida Luganskoye yana front chizig‘i yaqinida qoldi va muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda.

72 yoshli Yekaterina Luganskoyedagi kvartirasida qolgan buyumlarini yig‘ishtirmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Yekaterinaning o‘g‘li Yevgeniy — Rossiya qo‘shinlarida xizmat qilgan va urushda halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan o‘g‘lining portreti — Yekaterinada qolgan kam sonli buyumlaridan biri
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: