2024 yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 544 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
- savdo sohasida – 234 ta;
- sanoat sohasida – 84 ta;
- axborot va aloqa sohasida – 47 ta;
- qurilish sohasida – 39 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 15 ta;
- tashish va saqlash sohasida – 12 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 6 ta;
- boshqa sohalarda – 79 ta.