Soliq to‘lovchilar 2 oyda qancha soliq imtiyozidan foydalangani ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 09:35 / 01.04.2024 6657

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 1 920 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 3,2 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan. Shuningdek, 3 826 ta korxona 4,8 trln so‘m miqdorida QQS “nol” stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS – 2,4 trln so‘m;
  • yer solig‘i – 1,8 trln so‘m;
  • mol-mulk solig‘i – 772,1 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq – 364,6 mlrd so‘m;
  • JShODS – 134,1 mlrd so‘m;
  • AOS – 24,1 mlrd so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so‘m.
Ko‘proq yangiliklar: