O‘zbekistonda yillik inflatsiya 8 foizdan pastlagani ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 11:47 / 01.04.2024 9321

2024 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,67 foizga oshgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Agentlikka ko‘ra, yillik nisbatdagi iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 7,98 foizni tashkil etgan. Bu – 2016 yil may oyidan beri qayd etilgan eng past yillik inflatsiya hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, 2024 yilning martida donli ekinlar va yorma mahsulotlari, yog‘lar va moylar, sabzavotlar, ildiz mevalilar va dukkaklilar hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar guruhlarida yillik nisbatdagi iste’mol narxlari indeksi 2023 yilning martidagi mos ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: