Kun.uz "MIB talablari bilan hisoblashmayotgan sug‘urtachilar – “olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim”mi?" sarlavhali maqola e’lon qilgandi.
Unda YTH oqibatida shikast yetgan transport vositasi uchun sug‘urta kompaniyasidan sug‘urta tovonini undirib olish oson ish emasligi, xususan fuqaro Azimjon Abdusalomov shaxsiy avtomobilida YTHga uchrab, jabrlanuvchiga yetgan zarar “Kapital sug‘urta” sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilmayotgani haqida so‘z boradi.
Ushbu masala bo‘yicha “Kapital sug‘urta” kompaniyasi vakillari tahririyat bilan bog‘lanib, maqolada ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etilganini, 1 may kuni barcha to‘lovlar to‘lab berilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, tovon pulining kechikishiga sababchi bo‘lgan xodimlarga kompaniya ichki tartib-qoidalari asosida tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilinib, mijozning MIB ijro yig‘imi bo‘yicha e’tirozi ijobiy hal etildi, deyiladi munosabatda.