Bitcoin yana qimmatlasha boshladi, neft narxi oshdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 12:04 / 31.03.2024 9804

Joriy hafta bozorlar uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, payshanba kuni AQShning IV chorak Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu ko‘rsatkich 3,4 foizni tashkil etgan. Bir kundan keyin esa Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jyerom Povel barchasi o‘ylanganidek ketayotganini aytib, bozor ishtirokchilarini tinchlantirishga urindi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 25 martdan 29 martgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

S&P500 – 5254 (hafta boshidan +0,39 foiz, yil boshidan +10,16 foiz);

NASDAQ – 18254 (hafta boshidan -0,46 foiz, yil boshidan +8,49 foiz);

DJI – 39807 (hafta boshidan +0,84 foiz, yil boshidan +5,62

foiz).

500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 6 punktga, Dow Jones indeksi 47 punktga oshdi, NASDAQ indeksi esa 85 punktga pasaydi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2233 dollar(1 unsiyasi) hafta boshidan +3,18 foiz, yil boshidan +8,28 foiz;
  • Kumush – 24,8 dollar(1 unsiyasi) hafta boshidan +0,68 foiz, yil boshidan +4,61 foiz;
  • Alyuminiy – 2333 dollar(1 tonnasi) hafta boshidan +1,41 foiz, yil boshidan -2,02 foiz:
  • Mis – 4 dollar(1 funti) hafta boshidan +0,48 foiz, yil boshidan +3,34 foiz.

P.S: yuqorida qimmatbaho metallarning 1 unsiyasi narxi ko‘rsatilgan.

Qimmatbaho metallarning barchasi o‘sish sur’atini taqdim etdi. Masalan, alyuminiy va oltin mos ravishda 33 dollar va 69 dollarga o‘sgan bo‘lsa, kumush va mis 17 va 2 sentga qimmatlashdi.

Neft

  • WTI – 83,06 dollar (hafta boshidan +2,87 foiz, yil boshidan +16,5 foiz);
  • BRENT – 86,92 dollar (hafta boshidan +1,64 foiz, yil boshidan +12,82 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 2,32 dollarga, BRENT esa 1,4 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: -0,16 foiz (yil boshidan -2,25 foiz);
  • CNY/USD: -0,12 foiz (yil boshidan +1,73 foiz);
  • TRY/USD: +1,2 foiz (yil boshidan +9,58 foiz);
  • UZS/USD: +0,36 foiz (yil boshidan +2,6 foiz);
  • RUB/USD: +0,5 foiz (yil boshidan +3,62 foiz).

AQSh valutasi boshqa valutalarga nisbatan mustahkamlandi. Yevro 0,16 foiz, rubl 0,5 foizga, Osiyo mamlakatlarining valutalari lira va so‘m mos ravishda 1,2 foiz, va 0,36 foizga zaiflashdi. O‘z navbatida, yuan 0,12 foizga ko‘tarildi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 70033 dollar (hafta boshidan +4,12 foiz, yil boshidan +65,14 foiz);
  • Ethereum – 3515 dollar (hafta boshidan +1,54 foiz, yil boshidan +53,85 foiz).

Asosiy kriptolar 2 hafta davom etgan korreksiyadan so‘ng o‘sish tendensiyasini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi va Bitcoin 4,12 foizga, Ethereum 1,54 foizga ko‘tarildi.

Bozorlar haqida qisqacha

Payshanba kuni e’lon qilingan YaIM ma’lumotlarining prognozga nisbatan 0,2 foizga balandroq chiqishi, 20 mart kuni FZT raisi tomonidan aytilgan makroiqtisodiy prognoz, ya’ni yaqin kelajakda iqtisodiy o‘sish davom etishi kutilayotganini tasdiqlanmoqda. Jyerom Povel barchasi reja bo‘yicha ketayotganini va agar holat ular istaganday davom etmasa, stavkani pasaytirish kechiktirilishini qayta eslatib o‘tdi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 25 martdan 29 martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

Ko‘proq yangiliklar: