Toshkent shahridagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshiriladi

Iqtisodiyot 12:10 / 27.03.2024 9957

Toshkent shahar hokimi tomonidan «Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Qarorda Toshkent bozorlarida savdoning bir talay turlariga patta narxini o‘rtacha 20-30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi patta narxlarining miqdori quyidagicha o‘zgargan:

Bozorda mahsulotni savdo o‘rinlarida sotish, 1 o‘rin/1kun:

·       ho‘l mevalar (anor, olma, nok va boshqa) – 15 000 so‘m (hozir 12 000 so‘m);

·       sitrus va tropik mevalar – 32 000 so‘m (hozir 25 000 so‘m);

·       quruq mevalar (turshak, mayiz, pista, bodom) – 33 000 so‘m (hozir 26 000 so‘m);

·       sabzavotlar – 10 000 so‘m (hozir 8000 so‘m);

·       poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – 28000 so‘m (hozir 22000 so‘m);

·       go‘sht mahsulotlari – 3 5000 (hozir 27 000 so‘m).

O‘zgargan narxlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali kirib, tanishishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: