2024 yilning yanvar-fevral oyida 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 2 959 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan yangi tashkil etilgan korxonalar soni mos ravishda 1 263 ta hamda 1 154 ta bo‘lgan Samarqand viloyati va Farg‘ona viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Toshkent viloyati – 1 092 ta;
- Xorazm viloyati – 913 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 852 ta;
- Andijon viloyati – 726 ta;
- Namangan viloyati – 724 ta;
- Surxondaryo viloyati – 705 ta;
- Jizzax viloyati – 702 ta;
- Buxoro viloyati – 689 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 630 ta;
- Navoiy viloyati – 474 ta;
- Sirdaryo viloyati – 393 ta.