Jahon banki Ukrainaga 1,5 mlrd dollar qarz ajratishni ma’qulladi

Jahon 10:53 / 27.03.2024 2710

Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainaga «O‘sish asoslari»ni rivojlantirish siyosatini (Growth Foundations Development Policy Loan - DPL) qo‘llab-quvvatlash uchun 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi, deb xabar berdi Ukraina hukumati 27 mart, chorshanba kuni. 

Bu mablag‘ning asosiy qismi – 984 million dollari Yaponiya hukumati kafolati, 516 million dollari esa Britaniya kafolati bo‘yicha beriladi. Mablag‘lar joriy yilning mart oyi oxirigacha Ukraina budjetiga tushishi kutilmoqda.

Mablag‘lar ijtimoiy va gumanitar maqsadlarga sarflanadi

«Jalb etilgan mablag‘lar davlat hukumatini, Ukraina budjetini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni tiklash, davlat budjetining ustuvor ijtimoiy va gumanitar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi», dedi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.

«Biz bu resurslarni eng muhim budjet xarajatlarini qoplashga yo‘naltiramiz: ijtimoiy, gumanitar maqsadlar va rekonstruksiya qilish uchun», - deydi Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal.

Ko‘proq yangiliklar: