Soliq organlarida qancha ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgani aytildi 

O‘zbekiston 08:32 / 26.03.2024 5371

2024 yil 1 mart holatiga soliq organlarida 337 477 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 253,1 mingta ijara shartnomasi asosida 56,9 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 10,7 foiz va hisoblangan daromad solig‘i summasi 33,2 foizga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 84,4 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 31,9 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 7,2 foiz va hisoblangan soliq summasi 46,7 foizga oshgan.

Talabalar bilan 66,8 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 104,1 ming nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 13 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: